Xorijiy abituriyentlar diqqatiga

Hurmatli abituriyentlar!

 

Toshkent tibbiyot akademiyasida tahsil olish uchun xorijiy davlat fuqarolari TTAda mavjud bo‘lgan yo‘nalishlardan birini tanlashlari mumkin.

Hujjatlarni qabul qilish va kirish suhbatlari 5-iyundan boshlanadi va 2024-yil 20-iyulgacha davom etadi.

TMA talabasi bo‘lish uchun siz kirish suhbatidan o‘tishingiz kerak.

Suhbatda ishtirok etish uchun siz quyidagi hujjatlarni topshirishingiz kerak:

– TTA rektori nomiga ta’lim yo‘nalishi, tili va shakli ko‘rsatilgan ariza;

– murojaat etuvchining manzili va telefon raqamlari ko‘rsatilgan aloqa ma’lumotlari (shu jumladan, murojaat etuvchilarning ota-onalari telefon raqamlari);

– attestatning asli va nusxasi, o‘qigan fanlari va ular bo‘yicha olgan baholari (ballari) ko‘rsatilgan diplomning rus yoki o‘zbek tillariga notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan;

– 086-sonli tibbiy ma’lumotnoma (tibbiy mutaxassisning maslahat xulosasi);

– milliy va xorijiy pasport (nusxalari bilan) yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma (agar sizda yashash uchun ruxsatnomangiz bo‘lsa, nusxasini ham topshirishingiz kerak);

– 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi 6 ta fotosurat.

 

Yuqoridagi barcha hujjatlar onlayn tarzda topshirilishi mumkin.

 

Ushbu hujjatlarning elektron versiyasini enter.tma@gmail.com manziliga yuborish kerak

 

Savollaringiz bormi?

Quyidagi raqamga qo‘ng‘iroq qiling:

+998954754506

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan