Toshkent tibbiyot akademiyasining 10 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda 9 ta magistratura, klinik ordinatura va malaka oshirish mutaxassisliklari — jami 19 ta ta’lim dasturi Butunjahon tibbiy ta’lim federatsiyasi (World Federation of Medical Education – WFME) xalqaro standartlariga muvofiqligi bo‘yicha mustaqil akkreditatsiya va reyting agentligi – IAAR tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi.
Bugun Akkreditatsiya va reyting mustaqil agentligi vakillari tomonidan akademiyaning ushbu ta’lim yo‘nalishlari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi sertifikatlar tantanali topshirildi.