Toshkent tibbiyot akademiyasining ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi

IAAR

Prezidentimizning “Sog‘liqni saqlash sohasida islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Toshkent tibbiyot akademiyasining ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi.

Bir yil davomida 20 ta davlatdan jalb qilingan xalqaro ekspertlar ishtirokida akademiyaning faoliyati o‘rganildi. Natijada barcha mavjud 10 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura, klinik ordinatura va malaka oshirish mutaxassisliklari bo‘yicha, jami 19 ta ta’lim dasturlari Butunjahon tibbiy ta’lim xalqaro standartlariga mos deb topildi.

Toshkent tibbiyot akademiyasida Ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha mustaqil xalqaro akkreditatsiya va reyting agentligi (IAAR) vakillari ishtirokida ushbu xalqaro standartlarga moslik to‘g‘risidagi sertifikatlarning topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan