Tanlov ustuvorligini belgilash va Maqsadli qabul nima batafsil bilib oling .

Tanlov ustuvorligini belgilash.

Abituriyentlarga onlayn ro‘yxatdan o‘tish vaqtida ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bilan birga tanlov ustuvorligini ham belgilaydi.

Bunda 2 ta tanlov ustuvorligi mavjud bo‘lib, abituriyent ustuvorlik sifatida:

  1. “Davlat granti”ni tanlasa — tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;
  2. “Ta’lim yo‘nalishi”ni tanlasa — har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

Quyidagi rasmda ularning aniq mexanizmi ko‘rsatilgan.

 

Tanlov abituriyent tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi bo‘yicha u tanlagan ustuvorlik asosida amalga oshiriladi. Abituriyentlardan ustuvorlikni belgilashda e’tiborli bo‘lishlarini so‘raladi.

Maqsadli qabul nima?

Maqsadli qabul bilan grantga kirishning nimasi foyda, nimasi zarar?

Maqsadli qabulda kimlar qatnasha oladi? Kvota tasdiqlangach, maqsadli qabul o‘rinlari hududlar kesimida bo‘linadi. Aynan bir hududga ajratilgan maqsadli qabul kvotasidan foydalanish uchun o‘sha hududda doimiy yashaydigan (propiskasi bor) abiturient maqsadli qabuldan foydalanadi.

Abituriyentning umumiy o‘rta yoki o‘rta ta’limni tugatganligi to‘g‘risida hujjati, ya’ni shahodatnomasi ham bo‘lishi kerak.

Maqsadli qabulga kvotalar qanday taqsimlanadi?

Kvotalar yo‘nalishlar kesimida va yo‘nalishlar kesimidagi o‘rinlar esa hududlar kesimida taqsimlanadi. Masalan, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi kabi yo‘nalishlar alohida ajratiladi.

Maqsadli qabulda yetarli ball to‘plamaganlar o‘qishdan yiqiladimi?

Maqsadli qabul tanlovida qatnashgan abiturient kerakli ballni yig‘sa, u grant asosida talaba bo‘ladi. Lekin to‘play olmasa, boshqa abiturientlar bilan birgalikda umumiy tanlovda qatnashadi. Balli yetsa, albatta, talaba bo‘ladi.

O‘qishga topshirayotganda maqsadli qabul qanday tanlanadi?

OTMga kirish uchun onlayn ariza topshirayotgan abiturient maqsadli qabulni tanlasa, ham maqsadli, ham umumiy tanlovda ishtirok etadi. Masalan, Toshkent tibbiyot akademiyasining Davolash ishi yo‘nalishiga abituriyent yashayotgan hududga 2 ta joy ajratilgan bo‘lsa, u ham shu 2 ta joy uchun, ham ajratilgan umumiy kvota uchun tanlovda qatnashadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan