Bir guruh yosh shifokor va bo‘lajak tibbiyot mutaxassislari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Mard o'g'lon

Prezidentimizning tegishli Farmoniga binoan, Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning bir guruh faol va tashabbuskor yoshlari yuksak davlat mukofotlariga sazovor bo‘ldi.

Ular orasida o‘z azmu shijoati, bilim va salohiyati, iste’dod va qobiliyatini namoyon etib, O‘zbekiston tibbiyoti rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan quyidagi yosh shifokorlar hamda shu soha sir-sinoatlarini qunt bilan o‘zlashtirayotgan iqtidorli talabalar ham bor:

«Kelajak bunyodkori» medali bilan:

Bafoyev Sherzod Ixtiyor o‘g‘li – Konimex tumanidagi «Boymurod» oilaviy shifokorlik punkti shifokori, Navoiy viloyati

Nabijonov Baxodirbek Sodiqjon o‘g‘li – Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining qon tomir xirurgiyasi va buyrak transplantatsiyasi bo‘limi jarrohi

«Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan:

Valijonov Azizbek Farhod o‘g‘li – Toshkent tibbiyot akademiyasining 6-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)

Nazarov Azizbek Farrux o‘g‘li – Toshkent tibbiyot akademiyasining 1-bosqich talabasi (Toshkent shahri).

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan