O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Mahkamova Zulayho Baxriddinovna boshchiligida Toshkent shahar Olmazor tumanida «Yangi O’zbekiston-ma’rifatli jamiyat» mavzusida O’zbekistonda yangi ma’naviy makonni yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, xotin-qizlarga berilayotgan himoya orderlari masalasida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig’ilishda: Toshkent shahar hokimi o’rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig’i Sh.A.Abduvaxitovna; O’zbekiston Respublikasi Din ishlari qo’mitasi birinchi o’rinbosari D.R.Maqsudov so’zga chiqdilar.
Yig’ilishning maqsadi: Xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash, ularning ma’naviyati va madaniyatini yanada yuksaltirish, ijtimoiy faolligini oshirish, borasida har bir mas’ul bo‘yicha vazifa belgilandi va kelgusida bunday holatlarning oldini olishda hamkorlik tizimini yanada kuchaytirish, salbiy holatlarni kamaytirish va bu tajribani ommalashtirish vazifasi qo’yildi.