Toshkent tibbiyot akademiyasi va AQSHning Webster Universiteti o’rtasida qo’shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish bo’yicha hamkorlik shartnomalari imzolandi.

Qo‘shma ta’lim dasturi

Toshkent tibbiyot akademiyasi AQSHning Webster universiteti bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanib kelmoqda. 2023-yilda imzolangan yo’l xaritasida keltirilgan masalalar ijrosi yuzasidan bugun ikki ta’lim muassasasi o‘rtasida “Tibbiy biologiya” va “Oliy hamshiralik”, «Psixologiya» va «Kimyo» ta’lim yo’nalishlari bo’yicha malakali mutaxassislarni halqaro standartlar asosida tayyorlash bo’yicha o’zaro kelishuv shartnomalari imzolandi.

Mazkur kelishuv doirasida Toshkent tibbiyot akademiyasi Webster universiteti bilan hamkorlikda “Hamshiralik ishi” yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturini amalga oshirish bo‘yicha uch tomonlama memorandum imzolandi. Memorandumga ko‘ra 2024-2025-o‘quv yilidan 3+1 shaklidagi “Hamshiralik ishi” qo‘shma ta’lim dasturi amalga oshirilib, TTA talabalari AQSHning nufuzli universitetida tahsil olish hamda malakalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, bundan tashqari hamkorlikdagi ta’lim dasturlarida dars beruvchi professor-o’qituvchilar malakasi oshiriladi. Qo‘shma ta’lim dasturiga qabul jarayonlari joriy yilning avgust oyida boshlanadi.

Qo‘shma ta’lim dasturi Qo‘shma ta’lim dasturi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan