E’lon. Og‘zaki suhbat imtihonlari uchun eslatma.

Hurmatli xorijiy abituriyentlar,

Joriy yilning 26-iyul kuni bo‘lib o‘tishi kutilayotgan xorijiy abituriyentlar uchun Suhbat (o‘zbek va rus tillarida) Toshkent tibbiyot akademiyasining yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan ZOOM platformasi orqali o‘tkaziladi.

Suhbatda abituriyentlarga Biologiya va Kimyo fanlaridan, hamda umumiy dunyoqarash va kasbiy ishtiyoq bo‘yicha savollar beriladi. Shu munosabat bilan talabgorlardan Suhbatga yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rishlari tavsiya etiladi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Qabul hay’ati barcha abituriyentlarga omad tilaydi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan