Jamoat salomtligi texnikumi bitiruvchilari diqqatiga!

Jamoat salomtligi texnikumlarini muvaffaqiyatli bitirgan hamda Toshkent tibbiyot akademiyasiga 2-bosqichdan o‘qish uchun Suhbatga hujjat topshirgan talabgorlarning 1-guruhiga Suhbat 12-avgust 9:00 dan boshlanadi.

Qolgan barcha guruhlarning Suhbat kunlari haqidagi ma’lumotlar Jamoat salomtligi texnikumlari bitiruvchlarning shaxsiy kabinetida ko‘rsatilgan.

Suhbat Toshkent tibbiyot akademiyasining Bosh oʻquv binosida bo‘lib o‘tadi. Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Allomalar koʻchasi, 22.

10-avgust kuni 14.00da quyidagi havola orqali Suhbat o‘tkazilishi bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Toshkent tibbiyot akademiyasi Qabul komissiyasining mas’ul xodimlari tomonidan beriladi:

https://us06web.zoom.us/j/85903488513?pwd=OIXVd9XjgCRcN8NY56ceEPNFxJATfa.1

Barcha talabgorlarga omad tilaymiz!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan