Hurmatli klinik ordinatura (rezidentura)ga hujjat topshirgan talabgorlar!!!
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2024/2025 o‘quv yilida klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul qilish to‘g‘risidagi 238-sonli buyrug‘iga asosan kirish imtihonlarini o’tkazish tartibi:
1. Klinik ordinatura (rezidentura) test sinovida qatnashish uchun taqdim etiladigan RUXSATNOMAni quyidagi sayt manzilidan yuklab olishingizni ma’lum qilamiz:
https://tmbm.ssv.uz/site/permission
2. Klinik ordinaturaga imtihon kunlari va manzillari – Ruxsatnoma(klinik ordinatura (rezidentura) test sinovida qatnashish uchun taqdim etiladigan ruxsatnoma)da ko‘rsatiladi.
– Joriy yil 24-26 avgust kunlari yurtimiz ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari, oliy tibbiy ta’lim o‘quv yurtlari va klinik ordinatorlarni o‘qitish vakolati berilgan xususiy klinikalar uchun klinik ordinaturaga qabul imtihonlari bo‘lib o‘tadi.
Imtihonlar quyidagi manzillarda o‘tkaziladi:
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun:
Tibbiyot va farmasevtika xodimlarining malakasini baholash markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi binosi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, Amir Temur ko‘chasi, 185-uy (oldingi M.Gorkiy ko‘chasi). (https://maps.windows.com/?form=WNAMSH&entity=local_ypid%3A8191x15872707165335273041&collection=point.42.461838_59.604085_Markaziy%20Bozor%20Nukus)
– Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari uchun:
Andijon davlat tibbiyot institutining asosiy binosi.
Andijon shahri, Yu.Otabekov ko‘chasi, 1-uy. (https://maps.app.goo.gl/AYN3GP3m4tc29rKe9)
– Buxoro va Navoiy viloyatlari uchun:
Buxoro davlat tibbiyot institutining yangi binosi.
Buxoro shahri, G‘ijduvon ko‘chasi, 10-uy. (https://maps.app.goo.gl/Ft5cKxS4222o54BE6)
– Xorazm viloyati uchun:
Tibbiyot va farmasevtika xodimlarining malakasini baholash markazi Xorazm viloyati hududiy bo‘limi binosi.
Urganch shahri, Hamza ko‘chasi, 11-B-uy. (https://goo.gl/maps/Zw3QHYUygDfXtxoTA)
– Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari uchun:
Samarqand davlat tibbiyot universiteti yangi binosi ma’ruza zallari.
Samarqand shahri, Amir Temur ko‘chasi, 18-uy. (https://maps.app.goo.gl/8Ab7Kno2aX93ScaT7)
– Toshkent shahri, Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari uchun:
Tibbiyot va farmasevtika xodimlarining malakasini baholash markazi binosi.
Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Sultonali Mashhadiy ko‘chasi, 197-uy. (https://yandex.uz/maps/10335/tashkent/house/YkAYdQZjSk0AQFprfX9wcntibA==/?ll=69.313618%2C41.313373&utm_source=share&z=19)
DIQQAT, eslatma! Test sinovlariga kirish shu yil 24-26 avgust kunlari soat 7:00 da boshlanib, talabgorlardan tmbm.ssv.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnoma va o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli bilan imtihon manzillariga imtihon boshlanishidan kamida 1 soat oldin yetib kelishlari so‘raladi.
Kirish imtihonlariga hujjat topshirmagan, imtihonga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha tanlov o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qo’shimcha ma’lumotlar uchun TTA qabul komissiyasi Klinik ordinatura uchun mas’ul xodimiga murojaat qilishingiz so’raladi:
Aliqulov Ixtiyor Tilovqobilovich. Tel.: +998901310379