Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasida kafedralar professor-o’qituvchilari uchun “Mustaqillik dars”lari tashkil etildi. TTA Akademik litseyining faollar zali ilm ahli bilan gavjum. Mustaqillik darslari akademiyaning barcha raxbar xodimlari, dekanlar va dekan o’rinbosarlari, professor-o’qituvchilar ishtirok etishdi. “Mustaqillik darslari”ni 4 soat ma’ruza va 2 soat amaliy mashgulot tarzida vazirlik va idoralar, ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish tizimlarining mas’ul rahbarlari, taniqli olim va san’at ustalari, yozuvchi-shoirlar, fan arboblari hamda yirik tadbirkorlar, Akademiyaning muvaffaqiyatga erishgan bitiruvchilarini, akademiklar, mehnat faxriylari ishtirokida talabalar bilan erkin muloqot va muhokama shakllarida (soha, viloyat rivoji, yangiliklar, istiqboldagi ishlar, davlat siyosati va boshqa masalalar) olib borilishini tashkil etildi. Mustaqillik darsi soatlari O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “Bir bo’lsak yagona xalqmiz, birlashsak – vatanmiz” shiori ostida bo’lib o’tdi. O’qituvchilar tomonidan talabalarga mustaqillik va milliy g’oya targ’iboti, xalqimizning milliy yuksalish yo’lidagi maqsadlari, “Bir bo’lsak yagona xalqmiz, birlashsak – vatanmiz” tushunchalarining mazmun-mohiyati, ahamiyati va mas’uliyatini tushuntirishga qaratilgan fikr-muloxazalar darsning asosiy maqsadi ekanligi ta’kidlandi.