Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan tasdiqlangan 2024-2025-o‘quv yili talabalar о‘qishini xorijiy oliy ta’lim tashkilotlaridan hamda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha talabalar ro‘yxati o‘tkazilgan test sinov natijalari qaydnomasiga muvofiq, hamda 2024/2025-o‘quv yili kuzgi semestrida Respublikaning bir hududidan boshqa hududiga mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirishni so‘ragan talabalar ro‘yxati Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli xatiga muvofiq 1- va 2- ilovalarda taqdim etilmoqda.
Shu munosabati bilan, ushbu ilovadagi Toshkent tibbiyot akademiyasiga o‘qishi ko‘chirilayotgan talabalarning asl hujjatlarini Toshkent tibbiyot akademiyasining o‘qishni ko‘chirishiga mas’ul bo‘lgan shaxslarga, hujjatlarni dastlabki ko‘rib chiqish ishlarini amalga oshirish uchun topshirish so‘raladi.
Joriy yilning 10 sentabr sanasi, soat 15:00da Toshkent tibbiyot akademiyasi bosh o‘quv binosi 4-qavatida Toshkent tibbiyot akademiyasiga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan tasdiqlangan 2024-2025-o‘quv yili talabalar о‘qishini xorijiy oliy ta’lim tashkilotlaridan hamda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinov natijalari qaydnomasi keltirilgan o‘qishi ko‘chirilayotgan talabalar uchun komissiyaga bo‘lib o‘tadi. Ushbu komissiyada 1-ilovada nomlari keltirilgan talabalarning ishtiroki etishi so‘raladi.
Joriy yilning 11 sentabr 15:00da Toshkent tibbiyot akademiyasi bosh binosining 4-qavatida Toshkent tibbiyot akademiyasiga Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli xatiga muvofiq 2024/2025-o‘quv yili kuzgi semestrida Respublikaning bir hududidan boshqa hududiga mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirishni so‘ragan talabalar uchun komissiyaga bo‘lib o‘tadi. Ushbu komissiyada 2-ilovada nomlari keltirilgan talabalarning ishtiroki etishi so‘raladi.
Talabalar o‘qishini ko‘chirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-sonli qarori va Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori talablariga qatʼiy amal qilingan holda, taqdim etilgan hujjatlar sinchiklab o‘rganilganidan so‘ng bajariladi.
O‘qishni ko‘chirishga mas’ul shaxslar bilan bo‘lanish uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin:
Kuralov Nurhissa +998 94 922 32 04
Tashmatov Shavkat +998 97 130 10 21
Uut