Xalqaro Forumda O’zbekiston oliy ta’lim muassasalaridan ilk marotaba «Speaker» sifatida Toshkent tibbiyot akademiyasi o’quv ishlari bo’yicha prorektori Professor Shuhrat Boymuradov ishtirok etadi. Unda Birlashgan millatlar tashkilotining Barqaror rivojlanish dasturlari, jumladan «SDG 3 health and well-being» sog’liqni saqlash va farovonlikni ta’minlash, shuningdek, universitetlarning asosiy kasalliklar va sharoitlarni o’rganishda, sog’liqni saqlash kasblarini qo’llab-quvvatlashda va talabalar va xodimlarning sog’lig’iga g’amxo’rlik qilishda tutgan o’rni muhokama qilinadi.
Batafsil: https://www.timeshighered-events.com/impact-health-forum-2024