Ta’limdagi korrupsiyaga qarshi kurash: Shaffoflik, jamoatchilik nazorati va axloqiy tarbiya

Ta’limdagi korrupsiyaga qarshi kurash

Ta’lim – bu jamiyatning kelajagini shakllantiruvchi muhim omil. Biroq, afsuski, ta’lim tizimida korrupsiya ham o‘z ta’sirini ko‘rsatib, bu tizimning samaradorligini pasaytirib, haqiqiy iste’dodlarni yo‘qotishga olib keladi.
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimidagi korrupsiyaga qarshi kurash muhim ahamiyatga ega. Korrupsiyaga qarshi kurashda samarali uslublardan biri davlat tashkilotlari o‘z faoliyatda ochiqlik, shaffoflikni ta’minlashi hisoblanadi. Shu maqsadda, ananaviy tarizda har yili 8 ta mezondan iborat reyting asosida davlat organlari va tashkilotlarining ro‘yxati tuzilib e’lon qilib borilmoqda.
Xususan, biz so‘z yuritayotgan ta’lim tizimini nazorat qiluvchi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yildan yilga ushbu reytingda yuqorilab bormoqda. Ushbu reytingni 2023 yil yakunlariga ko‘ra, e’lon qilingan ro‘yxatda 6-o‘rinni egallagani buni yaqol isbotlaydi. Indeksdagi o‘rin vazirlikda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini, qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilayotganini va tadbirlar o‘tkazilayotganini ko‘rsatadi.
Biroq bu ishlar yetarli emas.
Vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurashdagi faolligini shuningdek, chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish zarur, jamoatchilik bilan muloqotni kuchaytirish, ma’lumotlarni ochiq e’lon qilish, korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish lozim.
Ta’lim tizimidagi korrupsiyaga qarshi kurashishda samaradorlikni oshirish biz uchun uchun muhim vazifa. Buning uchun quyidagi choralarni ko‘rish muhim.
Birinchidan, shaffoflik va hisobdorlikni oshirish: O‘quv muassasalarining moliyaviy faoliyatini, imtihonlarni o‘tkazish jarayonini va o‘quvchilarni baholash tizimini shaffoflashtirish, ma’lumotlarni ochiq e’lon qilish, onlayn platformalarni joriy etish.
Ikkinchidan, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish: Ota-onalar, o‘qituvchilar va jamoatchilikning ta’lim tizimidagi korrupsiyaga qarshi kurashishda faol ishtirok etishini ta’minlash, muammolarni ochiq muhokama qilish uchun platformalar yaratish, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tizimini takomillashtirish.
Uchunchidan, etika va axloqiy tarbiyani kuchaytirish: O‘quvchilarda adolat, haqiqat va haqoniyat tushunchalarini shakllantirish, korrupsiyaga qarshi kurashda faol bo‘lishga o‘rgatish, axloqiy tarbiyaga alohida e’tibor qaratib, axloqiy tarbiya darslarini joriy etish.
To‘rtinchidan, ta’lim tizimining moliyaviy resurslarini takomillashtirish: O‘quv muassasalarining moliyaviy resurslarini taqsimlash tizimini takomillashtirish, korrupsiyaga qarshi kurashga qaratilgan mablag‘larni ajratish, mablag‘larni sarflash jarayonini shaffoflashtirish, moliyaviy nazoratni kuchaytirish.
Ta’limda korrupsiyaga qarshi kurash – bu jamiyatning kelajagi uchun muhim vazifa. Har bir inson o‘z o‘rnidan turib, bu tizimni sog‘lomlashtirishga hissa qo‘shishi mumkin.

Toshkent tibbiyot akademiyasi
Korrupsiyaga qarshi kurash kurash bo‘limi
Bosh maslahatchisi Husan Ravshanov

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan