TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASIGA 2024/2025 O‘QUV YILIDA KLINIK ORDINATURAGA QO‘SHIMCHA QABUL QILISH TARTIBI TO‘G‘RISIDA E’LON

Sog‘liqni saqlash vazirligining “Klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklari boʻyicha  respublika miqyosida ehtiyoj mavjud boʻlgan vakansiyalarni toʻldirish maqsadida viloyatlarda ishlash istagini bildirgan talabgorlarni oʻqishga qabul qilish yuzasidan” tegishli xatiga ko‘ra  Surxondaryo,  Qashqadaryo,  Jizzax,  Sirdaryo  va  Toshkent  viloyatlaridagi mutaxassislarga boʻlgan ehtiyoj  hamda  davolash  profilaktika  muassasalarida  mavjud vakant oʻrinlarni toʻldirish maqsadida, 2024-2025 oʻquv yilida Toshkent tibbiyot akademiyasi klinik ordinaturasi qabul sinovlarida  ishtirok  etgan  va  eng  yuqori  ballarning  kamida  30  foizini  toʻplagan nomzodlarni 2024/2025  oʻquv yilida klinik ordinatura qabul sinovlarida ishtirok etgan va Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax,  Sirdaryo  va  Toshkent  viloyatlari  davolash  profilaktika  muassasalarida  ishlash istagini  bildirgan  talabgorlar qabul qilinadi:

Bunda,

  • talabgor  mumkin  boʻlgan  eng  yuqori  balning  kamida  30  foizini  toʻplagan boʻlishi;
  • respublika   miqyosida   ehtiyoj   mavjud   boʻlgan   vakansiyalarni   toʻldirish maqsadida viloyatlarda ishlash istagini bildirganlik toʻgʻrisida ariza;
  • ish    beruvchi    tashkilot,    talabgor    va    taʼlim    tashkiloti    bilan    tuzilgan  uch tomonlama shartnoma taqdim etilishi lozim.

Arizalar qabuli oflayn tarzda 2024-yil 25-sentabrgacha davom etadi.

Murojaat uchun Akademiya «Call markaz»:    +998954754501

+998954754502

+998954754503

+998954754504

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan