Avval e’lon qilinganidek, Sog‘liqni saqlash vazirligining “Klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklari boʻyicha respublika miqyosida ehtiyoj mavjud boʻlgan vakansiyalarni toʻldirish maqsadida viloyatlarda ishlash istagini bildirgan talabgorlarni oʻqishga qabul qilish yuzasidan” tegishli xatiga ko‘ra Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi mutaxassislarga boʻlgan ehtiyoj hamda davolash profilaktika muassasalarida mavjud vakant oʻrinlarni toʻldirish maqsadida, 2024-2025 oʻquv yilida Toshkent tibbiyot akademiyasi klinik ordinaturasi qabul sinovlarida ishtirok etgan va eng yuqori ballarning kamida 30 foizini toʻplagan nomzodlarni 2024/2025 oʻquv yilida klinik ordinatura qabul sinovlarida ishtirok etgan va Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari davolash profilaktika muassasalarida ishlash istagini bildirgan talabgorlar uchun arizalarni qabul qilishning ohirgi kuni joriy yilning 25-sentyabr sanasi etib belgilangan edi. Shu munosabat bilan qabul jarayonlari o’z nihoyasiga yetganini ma’lum qilamiz, hamda Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi davolash profilaktika muassasalarida ishlash istagini bildirgan 2024/2025 oʻquv yilida oʻqishga qabul qilingan barcha klinik ordinatorlardan oʻqish jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko’rishlarini so’rab qolamiz.