Joriy yil 26-sentyabr sanasida, Hamshiralik ishi bo’yicha mutaxassis Sue McFarlanning tashrifi davomida Toshkent shahridagi Webster universiteti mutasaddilari Toshkent tibbiyot akademiyasida mehmon bo’ldilar. Uchrashuv davomida o’zaro hamkorlikning kelajakdagi tamoyillari, Hamshiralik ishi talabalari uchun tayyorlanadigan shart-sharoitlar, o’quv dasturlari haqida batafsil ma’lumotlar almashdilar.
Uchrashuvda Toshkent tibbiyot akademiyasi rektor v.v.b Boymuradov Shuhrat, Hamshiralik ishi fakulteti dekani Aliyev Sarvar, hamda Hamshiralik ishi mutaxassisi AQSHlik mehmon Sue McFarlan va Toshkent shahridagi Webster universiteti mutasaddilari ishtirok etdilar.