Shifokorlik kasblarning ulug‘i va eng mas’uliyatlisi hamdir. Bejiz shifokor bo‘lish uchun kasb egalari 7- 8 yillab o‘qishmaydi, bu kasbning o‘ziga yarasha zahmati ham bor. Yaxshi shifokor nafaqat bilim va ko‘nikmasi, qolaversa, chin insoniylik fazilatlari bilan ham bemorga malham bo‘la oladi.
Shifokor boʻlish istagidagi yoshlar kelgusida nafaqat egnidagi oq libosi, balki qalbiga ham gard yuqtirmasliklari lozim.
Bemorlarga yaxshi munosabatda boʻlish uchun esa, avvalo, pokiza niyat, olijanob maqsad va qatʼiy ahd zarur. Tibbiyot oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilarining qasamyodi shunisi bilan ahamiyatli.
“Alisher Navoiy” nomidagi kinosaroyda Toshkent tibbiyot akademiyasida an’anaga aylangan “Talabalikka bag’ishlov” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Dastlab tantanali tadbirda Ustoz va murabbiylar bayram munosabati bilan
Har oʻquv yilida boʻladigan ushbu anʼanaviy marosimda taʼlim muassasasining 1-bosqichiga qadam qoʻygan talabalari tantanali ravishda qasamyod qiladi.
Bu yil ham akademiya talabalari safiga qoʻshilgan 1800 nafar oʻgʻil-qiz oʻz qasamyodi orqali teran bilim olib, shifokorlik kasbini mukammal egallash va kelgusida xalqimizga vijdonan xizmat qilishni dillariga tukkan boʻlsa, ajab emas.
Hozir oʻquv yurtining davolash, tibbiy-pedagogika, tibbiy-profilaktika, tibbiy-biologiya, harbiy-tibbiy va oliy hamshiralik ishi fakultetlarida 13958 nafar talabalar tahsil olmoqda.
Shuningdek, Toshkent tibbiyot akademiyasi magistratura bosqichida 44 ta yoʻnalish boʻyicha taʼlim berilayotgan boʻlsa, tor doiradagi mutaxassis shifokorlarni tayyorlash klinik ordinaturaning 32 ta yoʻnalishida amalga oshirilyapti.
Ha, shifokorlik — sharafli va ayni damda oʻta masʼuliyatli kasb. Bu zahmatli faoliyatga umrini baxshida etmoqchi boʻlgan yoshlar kelgusida omad va zafarlar tilab qolamiz!