“Yil talabasi-2024” tanlov

Yil talabasi-2024

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Yil talabasi-2024” tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlovda oliy ta’lim muassasasida uzluksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan 2-, 3-, 4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi:

  • Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi;
  • Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi;
  • Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
  • Yilning eng faol sportchi talabasi;
  • Yilning eng faol iqtidorli talabasi (rangtasvir, grafika, dizayn, amaliy san’at, haykaltaroshlik bo‘yicha);
  • Yilning eng faol ijodkor talabasi;
  • Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun).

Tanlov nominatsiyalari bo‘yicha birinchi OTM bosqichida yuqori o‘rinlarni egallagan g‘oliblar oliy taʼlim muassasasining faxriy yorlig‘i va tegishli ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 8, 6 va 4 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Respublika bosqichi esa joriy yilning noyabr oyida tashkil etiladi. Ushbu bosqich g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi diplomi, maxsus statuetka hamda bazaviy hisoblash miqdorining 1-o‘rin 15 barobari, 2-o‘rin 10 barobari va 3-o‘rin 8 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

“Yil talabasi” tanlovi nizomi Hujjatlar

Toshkent tibbiyot akademiyasining yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan o’rinbosarlari tomonidan 30 oktabrgacha qabul qilinadi. Ishtirok etish uchun oʻz fakultetingiz masʼullariga murojaat qiling.

Ushbu nominatsiyalari bo‘yicha “Yil talabasi” tanlovi bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan 2-6 kurs talabalari o‘rtasida o‘tkaziladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan