AXBOROT XATI
Hurmatli hamkasblar! Sizlarni 2024 yil 15 noyabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi, Alfraganus Universiteti, Ryazan Davlat tibbiyot Universiteti (Rossiya), Gomel Davlat tibbiyot Universiteti (Belorussiya) bilan hamkorlikda bevosita шшодог (оффлайн) va masofaviy texnologiyalar vositasida (omxaiin) xalqaro miqyosida o’tkaziladigan “Zamonaviy pediatriyaning dolzarb muammolari: bolalar kasalliklari diagnostikasi va davosining yangi imkoniyatlari” mavzusidagi III-ilmiy-amaliy xalqaro anjumanda ishtirok etishga taklif etamiz.
Anjuman ishi yo‘nalishi:
- Bolalar kasalliklarining diagnostikasi va davomining innovatsion usullari
- Neonatologiya, bolalar kardiologiyasi, nevrologiyasi, kardiorevmatologiyasi, allergologiyasi va nefrologiyasining zamonaviy klinik jixatlari
- Bolalarda nafas a’zolari kasalliklarini diagnostikasi, davolash va profilaktikasining yangi imkoniyatlari
- Bolalar kasalliklari klinikasida koviddan keyingi sindrom
- Bolalar xirurgiyasi va stomatologiyasining dolzarb muammolari
- Erta yoshdagi bolalarni ovqatlantirish, ko‘krak suti, bola va ona salomatligidagi ahamiyati
- Bolalar kasalliklarini tashxislash va davolashda genetik tekshiruv usullarining yangi istikbolli imkoniyatlari
- Bolalar kasalliklarining rivojlanishida ekologik muxit omillarining dolzarb muammosi
- Yosh tadqiqotchi (talabalar uchun)
- Pediatriya fanlarini o‘qitishda innovatsion yondoshuvlar
Anjumanda qatnashish uchun taklif qilinadi: pediatriya, neonatologiya, bolalar stomatologiyasi, bolalar xirurgiyasi, bolalar nevrologiyasi, bolalar allergologiyasi sohasidagi olimlar va amaliyot shifokorlari, ilmiy xodimlar, o‘qituvchilar, magistrantlar, doktorantlar, talabalar hamda sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutaxasislari va rahbarlari. Anjumanda maqola nashri bilan yoki nashrsiz (tinglovchi sifatida) ham ishtirok etish mumkin.
Har bir muallif 2 tadan ko‘p bo‘lmagan maqola yuborish huquqiga ega. Har bir maqola uchun 250 ming so‘m to‘lov amalga oshirish shart. Maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi. Konferensiyaga qatnashish: ma’ruza bilan yoki faqat ilmiy maqola chop etish.
Maqolalar O‘zR OAKning ro‘yxatidagi jurnallardan biri “TTA Axborotnomasi”ning maxsus sonida chop etilishi rejalashtirilgan. Maqolaga qo‘yiladigan talablar https://ttaa.tma.uz/vestnik-pdf/ttaa- 2016-01_p159.pdf ko‘rsatilgan.
Maqolalarni konf.pediatr.2024@mail.ru elektron pochtaga yuboringiz mumkin. Ilmiy maqola tashkiliy qo‘mita tomonidan ko‘rib chiqilgandan so‘ng, to‘lovni amalga oshirish to‘g‘risida xabar beriladi, shundan so‘ng to‘lovni amalga oshirish tavsiya qilinadi.
Tashkiliy qo‘mita tomonidan ilmiy maqolalar elektron shaklda 2024 yil 20 oktabrgacha qabul qilinadi, kechiktirilgan maqolalar qabul qilinmaydi. Materiallarning sifati va mazmuniga muallif javobgar bo‘ladi. Redaksiya a’zolarining anjuman mavzusiga mos kelmagan, ko‘rsatilgan muddatdan kechikib yuborilgan va talabga mos bo‘lmagan maqolalarnii qabul qilmaslik xuquqi bor.
Konferensiyada ma’ruza bilan ishtirok etuvchi talabgorlar 25 oktabr 2024 yilgacha ma’ruzalar uchun mas’ul shaxs Avezova Guloyim Sattarovnaga (+998997020872) guloyimavezova77@gmail.com, Tashmatova Gulnoza Aloevna (+998 94-678-63-26) tashmatovagulnoza@gmail.com murojaat qilishlari lozim.
Konferensiyaning axborot koordinatorlari:
- Bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasi
- Oilaviy tibbiyotda bolalar kasalliklari kafedrasi
- Bolalar kasalliklari kafedrasi
Konferensiyada Sizlarni kutib qolamiz!