Kafedra xodimlarining Koreyaga amaliy tashrifi TTA Oilaviy tibbiyotda akusherlik va ginekologiya kafedrasi xodimlari joriy yilning 28-oktabridan 2-noyabrga qadar Koreya Respublikasining bir necha nufuzli klinikalariga tashrif buyurishdi. Kafedra mudiri prof. D.K. Najmutdinova boshchiligida xodimlarimiz Koreyaning ROEN klinikasi Solin va Kannam filiallariga, Muqaddas Mariya va Vinsent gospitallariga amaliy tajriba almashish maqsadida borishdi. Tashrif davomida ginekologik amaliyotida qollaniladigan innovatsion davolash usullari, jumladan adenomioz va miomani davolashda HIFU-terapiya, 4-avlod Da Vinci robotlashtirilgan tizim yordamida raqamlashtirilgan jarroxlik texnologiyalar bilan tanishdilar. Tashrif soʿngida ROEN klinikasi direktori Sungrae Roeh tomonidan sertifikatlar berildi va kelajakda o’zaro tajriba almashish maqsadida rejalar tuzildi.
Batafsil ma’lumot uchun: http://obgyn.med.tma.uz/uz/article/5755