Toshkent shahrida O‘rta Osiyodagi birinchi qozog‘istonlik shifokor ayol Ummu-Gulsim Asfendiyarovaga bag‘ishlangan yodgorlik ochild

Ummu-Gulsim Asfendiyarova

2024-yil 12-noyabr kuni Toshkent shahrida O‘rta Osiyodagi birinchi qozog‘istonlik shifokor ayol Ummu-Gulsim Asfendiyarovaga bag‘ishlangan yodgorlik ochildi.

Yodgorlik majmuasi Ummu-Gulsim Asfendiyarova tavalludining 135 yilligi munosabati bilan bunyod etilib, marosimda Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi, Asfendiyarov nomli Qozogiston milliy tibbiyot universiteti rektori, O’zbekistonning tibbiy oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etdi.

Marosim doirasida Ummu-Gulsim Asfendiyarova tavalludining 135 yilligiga bag’ishlangan xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi. Konferensiyada “Asfendiyarov” nomli maxsus medal Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori v.v.b Professor Shuhrat Boymuradovga topshirildi.

Shundan so’ng Toshkent tibbiyot akademiyasi rahbariyati Qozog‘istonning O‘zbekistondagi muxtor elchisi Beybit Atamkulov, “Asfendiyarov” nomidagi Qozog‘iston Milliy tibbiyot universiteti rektori Marat Shoranov va bir qator olimlar bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.

“Asfendiyarov” nomidagi Qozog‘iston Milliy tibbiyot universiteti rektori boshchiligidagi delegatsiya Toshkent tibbiyot akademiyasiga tashrif buyurib, o’zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish muhokama qilindi va hamkorlik “Memorandum” imzolandi.

Ummu-Gulsim Asfendiyarova Ummu-Gulsim Asfendiyarova

Ummu-Gulsim Asfendiyarova Ummu-Gulsim Asfendiyarova

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan