O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash va Oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirliklarining tegishli ruxsatlari bilan, Toshkent tibbiyot akademiyasining, v.v.b. rektori Sh.A.Boymuradov boshchiligidagi delegatsiyasi Ufa va Qozon shaharlariga (Rossiya) joriy yilning 18-23 noyabr kunlari xizmat safariga jo‘nab ketmoqda.
Ushbu tashrifning maqsadi o‘zaro anglashuv memorandumni imzolash, Xalqaro konferensiyada hamtashkilotchi sifatida ishtirok etish, Qozon davlat tibbiyot universiteti rektori va yetakchi professorlari bilan muzokaralar o‘tkazish, ikki oliygoh o‘rtasida “Akusherlik va ginekologiya” yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma klinik ordinatura dasturini amalga oshirish, hamda Boshqirdiston davlat tibbiyot universitetida hamda Qozon davlat tibbiyot universitetida tahsil oluvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan uchrashuvlarni o‘tkazish.