Hurmatli talabalar! Toshkent tibbiyot akademiyasi Sizni 2024-yil 26-noyabr kuni bo’lib o’tadigan «Tibbiyot mohirlari» tibbiyot amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha IV Xalqaro talabalar olimpiadasiga taklif etadi!
1-Seksiya: Fundamental tibbiyot (Anatomiya, OHTA, patologik anatomiya) 2-3 kurs talabalari uchun
2-Seksiya: Terapiya (IKP, ambulator va statsionar terapiya, ichki kasalliklar) 3-6 kurs talabalari uchun
3-Seksiya: Jarrohlik (Umumiy jarrohlik, Fakultativ va gospital jarrohlik, Urologiya, Jarrohlik kasalliklari) 3-6 kurs talabalari uchun
4-Seksiya: Pediatriya (BKP, Bolalar kasalliklari, Ambulator pediatriya) 3-6 kurs talabalari uchun
5-Seksiya: Reproduktiv salomatlik (Akusherlik va ginekologiya) 4-6 kurs talabalari uchun
6.1-Seksiya: Otolaringologiya 3-6 kurs talabalari uchun -Seksiya: Stomatologiya, 3-6 kurs talabalari uchun jag’-jag’ jarrohligi -Seksiya: Shoshilinch tibbiy yordam (Anesteziologiya va reanimatsiya, Travmatologiya, Shoshilinch tibbiy yordam) 4-6 kurs talabalari uchun
6.2-Seksiya: Tibbiy profilaktika (Atrof-muhit gigiyenasi, kommunal gigiena va mehnat gigiyenasi, Bolalar, o‘smirlar gigiyenasi va ovqatlanish gigiyenasi, epidemiologiya) 3-5 kurs talabalari uchun
7-Seksiya: Yosh olimlar tanlovi
Tanlov davomida hay’at a’zolari quyidagilarni baholaydilar:
- Klinik fikrlash
- Nazariy bilim
- Amaliy ko’nikmalar
O’zingizni isbotlash va ushbu qiziqarli tadbirning bir qismi bo’lish imkoniyatini qo’ldan boy bermang!
Translate: Рус