Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonliklarga barham berish Xalqaro kuni”ga bag‘ishlab ajoyib bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonliklarga barham berish

Toshkent Tibbiyot Akademiyasining Akademik litseyi zalida 25-noyabr kuni “Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonliklarga barham berish Xalqaro kuni”ga bag‘ishlab ajoyib bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida “Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish” mavzusida taqdimot tinglandi. Tadbir ishtirokchilari tomonidan spektakl namoyish etildi, huquqiy targ‘ibot materiallari taqdim etildi va talabalar badiiy chiqishlar bilan o‘zlarining fikrlarini bildirishdi.

Tadbirda Akademiyaning Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Ro‘ziyev Navro‘z hamda Kimyo 102-guruh, Sog‘liqni saqlash menejmenti 102-guruh va 2-son Davolash fakulteti 102-guruh talabalari bilan birgalikda ishtirok etishdi.

Tadbirning yakunida Farmatsiya, Menejment, Fundamental tibbiyot, BTM va OMH fakulteti dekan o’rinbosari N.X.Abduraxmonova Abdurahmonova Nodira Xusnutdinovna so‘zga chiqib, bayram tashkilotchilariga o‘qishlarida omad va zafarlar tiladi.

Bugungi kunda xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish nafaqat huquqiy, balki ma’naviy majburiyatimizdir. Shunday tadbirlar orqali bu masalalarga e’tibor qaratish, jamiyatda ongli va madaniyatli munosabatlarni shakllantirish muhimdir.

Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonliklarga barham berish Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonliklarga barham berish

Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonliklarga barham berish Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonliklarga barham berish

Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonliklarga barham berish Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonliklarga barham berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan