Oʻzbekiston qaxramoni, Oʻzbekiston fanlar akademiyasining akademigi, tibbiyot fanlari doktori, professor Malika Samatova Abdullaxodjayevani yod etish.
Toshkent tibbiyot akademiyasida faoliyat yuritib, tibbiyot sohasi uchun oʻchmas iz qoldirgan ustozlarni yod etish ananasi mavjud, ularni hayoti va ijodiga bagʻishlab turkum tadbirlar oʻtkazilib kelinadi: “Tibbiyotning barhayot siymolari”, “ Ustozim hayotim chirogʻi”, “ Akademiklar haftaligi”, yubileylarga bagʻishlargan konferensiyalar tashkil qilinadi hamda ”Tibbiyotnoma” roʻznomasida yoritiladi. Akademiyaning 100-yilligi munosabati bilan tarixiy muzey ham tashkil etildi. Kechadan boshlab tibbiyotimizning barhayot siymolarini yod etish va yosh avlodga yetkazish maqsadida TTA muzeyida ushbu olimlarning oila aʼzolari, yaqinlari, izdoshlari, shogirdlari ishtirokida xotirlash yoʻlga qoʻyildi. Oʻzbekiston qaxramoni, Oʻzbekiston fanlar akademiyasining akademigi, tibbiyot fanlari doktori, professor Malika Samatova Abdullaxodjayeva agar hayot boʻlganlarida 92 yoshga toʻlgan boʻlar edi. M.S. Abdullaxodjeva Respublika patologik anatomiya markazi direktori va Toshkent tibbiyot akademiyasi patologik anatomiya kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. Tadbirni TTA rektori vazifasini bajaruvchi, professor Sh.A. Boymurodov ochdi va olima bosib oʻtgan yoʻl, yaratgan ilmiy maktab va patologik anatomiya fani rivojiga qoʻshgan hissasi toʻgʻrisida soʻz yuritdi. Shuningdek tadbirda M.S. Abdullaxodjayevaning oila aʼzolari, shogirdlari va talabalar maʼruzalar qilishdi, talabalar chizgan rasmlar va ilmiy maqolalar taqdimot qilindi. Taʼkidlab oʻtish kerakki, olimaning nomini abadiylashtirish uchun bugungi kunda “Oʻzbekiston qaxramoni, akademik Malika Samatova Abdullaxodjayeva nomidagi stipendiya” joriy qilingan va har yili 11 nafar talaba ushbu stipendiya soxibi buladi, akademiyaning tarixiy muzeyida olimaning byusti oʻrnatilgan va uning faoliyatiga bagʻishlangan alohida burchak yaratilgan. Malika Samatovna Abdullaxodjayeva olima, pedagog, sogʻliqni saqlash tizimi tashkilotchisi sifatida har doim yodimizda qoladi, ruxlari shod oxiratlari obod boʻlsin.