Abdullaxo’jayeva Malika Samatovna tavalludining 92 yilligi

Toshkent tibbiyot akademiyasi tarixi muzeyida O’zbekiston qahramoni, akademik, Respublika patologik anatomiya markazining tashkilotchisi Abdullaxo’jayeva Malika Samatovna tavalludining 92 yilligi xotirasiga bag’ishlov tadbiri o’tkazildi. Tadbirda Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori v.v.b Shuhrat Boymuradov, Yoshlar masalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor Turdiqul Bobomuratov va mas’ullar hamda akademiya yoshlari ishtirok etdilar.

Xotira kechasi munosabati bilan akademiyaning barcha fakultet talabalari o’zlarining yozgan tezislari, maqolalari, taqdimotlari, chizgan rassomchilik ishlari bilan qatnashishdi.

Tadbir davomida eng faol qatnashgan ishtirokchilar sertifikat va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.

Abdullaxo’jayeva Malika Samatovna Abdullaxo’jayeva Malika Samatovna

Abdullaxo’jayeva Malika Samatovna Abdullaxo’jayeva Malika Samatovna

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan