Yoshlar oʻrtasida “Kelajak oʻyinlari”(kibersport)ni ommalashtirish boʻyicha seminar tashkil etildi

 

Toshkent tibbiyot akademiyasida oʻtkazilgan tadbirda Toshkent shahrida joylashgan oliy taʼlim muassasalarining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektorlari ishtirok etdi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining AKT boʻyicha maslahatchisi Bobur Rahimov seminarda soʻzga chiqib, quyidagilarni taʼkidladi:
“Kibersport bugungi kunda yoshlarning qiziqishlari va salohiyatini rivojlantirishda muhim vositaga aylanmoqda. U shaxsiy va jamoaviy rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar taqdim etuvchi zamonaviy platformadir. Shu sababli, kibersportni oliy taʼlim tizimida ommalashtirish va bu orqali yoshlarimizning intellektual va texnologik rivojlanishiga hissa qoʻshish muhim sanaladi”.

Maʼlumki  keyingi yillarda  “Kelajak oʻyinlari” “ Игры будущего”  doirasida  yangi formatidagi sport shousi  – raqamli oʻlchovlardagi musobaqalarni oʻtkazilmoqda.  Mamlakatimizda kibersport  oʻyinlari yoʻlga qoʻyildi, kibersport  muxlislari oʻz mahoratlarini namoyish etish imkoniyati paydo boʻldi. Oliy taʼlim muassasalarida ham kibersportni rivojlantirish, oliygohlar oʻrtasida chempionat tashkil etish va musoboqalarni  yoʻlga qoʻyish qoʻyish maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalarining yoshlar masalalari va maʼnaviy – maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektorlarga kibersportni tashkil etish boʻyicha maxsus seminar oʻtkazildi. Shu bilan birga Toshkent tibbiyot akademiyasining kibersport boʻyicha 2 – chempionatiga  start berildi, 4 kun davomida davom etgan kibersportning 3 ta yoʻnalishidagi  musobaqalarlarda  170 ta jamoada 1000 ga yaqin talaba yoshlar ishtirok etdi. Musobaqa yakuniga koʻra  tibbiy profilaktika fakultetining Cheaterʻs va 1 son davolash fakultetining Deathly team jamoalari gʻolib boʻlishdi.

  

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/28856

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan