Toshkent tibbiyot akademiyasiga KOFIH tashkiloti tomonidan xayriya yordami

KOFIH

Toshkent Tibbiyot Akademiyasining doimiy hamkorlaridan biri bo‘lgan Koreyaning KOFIH (Korea Foundation for International Healthcare) tashkiloti tomonidan Akademiyamizga 1000 dona Koreyada ishlab chiqarilgan infuzion oqim regulyatorlari xayriya tariqasida taqdim etildi.

Xayriya marosimida Toshkent tibbiyot akademiyasi rahbariyati, KOFIH Uzbekistan vakillari va TTA klinikasi mutasaddi xodimlari ishtirok etdilar. Taqdim etilgan infuzion oqim regulyatorlari TTA klinikasining tibbiy amaliyotlariga foydalanish uchun topshirildi.

Shuningdek, KOFIH tashkilotining mas’ul vakillari bilan uchrashuv davomida Koreyada talabalar uchun grant dasturlari va stajirovkalarni tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Ushbu tashabbuslar Akademiya va KOFIH tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlikning yanada rivojlanishiga xizmat qiladi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Koreya bilan ilmiy va amaliy aloqalarni mustahkamlashga, talaba va o‘qituvchilar uchun yangi imkoniyatlarni yaratishga intilishda davom etadi.

KOFIH KOFIH

KOFIH

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan