Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 32 yillik bayrami munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash xodimlari kasaba uyushma kengashi hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi hamkorligida bayram va tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi raisi, Markaziy Osiyo mamlakatlari sogʻliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmalari Kengashi Bosh kotibi, Sogʻliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Xalqaro konfederatsiyasi vitse Prezidenti Xanapyayev Farxodjon Rahmonovich va maʼruzachilar TTAning talabalari, professor oʻqituvchilarini qonstitutsiya bayrami bilan tabriklab, konstitutsiyaning ahamiyati, yangi tahrirda qabul qilingan konstitutsiya, unda Oʻzbekiston – suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat ekanligi qatʼiy belgilab qoʻyilganligi, ayniqsa Yoshlar huquqlari himoyalanishi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirokini ragʻbatlantirish kafolatlanishi, davlatning oʻqituvchilar shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligini taʼminlashi hamda 48-moddada har kim sogʻligʻini saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega ekanligi, fuqarolar tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini qonunda belgilangan tartibda davlat hisobidan olishga haqli ekanligi toʻgʻrisida tushuntirildi.
Kasaba uyumalari tomonidan tadbirda qatnashgan 300 dan ortiq talabalarga “ Husayn Ibn Sino boqiy xotira” deb nomlangan Abu ali Ibn Sino haqidagi kitob esdalik sifatida sovgʻa qilindi. Kitob har bir kishi oʻzi uchun axloqiy poklikni, aqliy kamolotni topishida xizmat qiladi. Shuning uchun ham kitob-eng yaxshi sovgʻa.
Tadbirning 2 – qismida TTAning ijodkor talabalaridan iborat Shifo navo ansambli tomonidan tayyorlangan konsert dasturi katta qiziqish uygʻotdi.
TTA yoshlar masalalari va maʼnaviy- maʼriffiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor T.A. Bobomuratov