Joriy yilning 6-dekabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi 5-sonli talabalar turar joyida joylashgan «Faollar zali»da Konstitutsiya kuniga bag’ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Ushbu tadbirga Toshkent davlat yuridik universiteti Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi o’qituvchisi, AQShning Pensilvaniya universiteti magistri, huquqshunos va ekspert Sobirov Umidjon tashrif buyurdi. Umidjon Sobirov yangi O’zbekiston Konstitutsiyasining asosiy yangiliklari va ahamiyati haqida ma’ruza o’qib, talabalariga Konstitutsiyaning ahamiyatini tushuntirib berdi.
Ma’lumotlarga ko’ra, yangi Konstitutsiya davlatning huquqiy asoslarini mustahkamlash, inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, shuningdek, ijtimoiy adolat va demokratik prinsiplarni rivojlantirishga qaratilgan.
Ma’ruzadan so’ng, davra suhbati ishtirokchilari Akademiyamizning iqtidorli talabalari tomonidan namoyish etilgan raqs, qo’shiq va sahna ko’rinishlaridan bahramand bo‘lishdi.