UI GreenMetric reytingi quyidagi asosiy mezonlar asosida baholanadi:
1. Kampus infrastrukturasining ekologik jihatdan qulayligi (Setting and Infrastructure) — kampusning ekologik muhitga mosligi va yashil hududlar ulushi.
2. Energiya va iqlim o‘zgarishi (Energy and Climate Change) — universitetning energiya iste’molini optimallashtirishga, qayta tiklanadigan energiya manbalarini qo‘llashga va karbon izini kamaytirishga qaratilgan ishlari.
3. Oqava suv va chiqindilarni boshqarish (Waste) — chiqindilarni qayta ishlash, xavfli chiqindilarni boshqarish va chiqindilarni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar. 4. Suv resurslarini boshqarish (Water) — suv iste’molini optimallashtirish va suvni qayta ishlash tizimlari.
5. Transport tizimi (Transportation) — barqaror transport imkoniyatlari, avtomobillardan foydalanishni kamaytirish va ekologik toza transport turlarini rag‘batlantirish.
6. Ta’lim va tadqiqotlar (Education and Research) — barqarorlik bo‘yicha ta’lim dasturlari va ilmiy tadqiqotlarning ulushi.