Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro tibbiyot institutida “Asrlar davomida tibbiyot: Qadimiy bilimlardan zamonaviy texnologiyalargacha” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi.

Buxoro tibbiyot instituti

Tibbiyot ilmining otasi Abu Ali Ibn Sino bobomizning 1044-yilligiga bagʻishlangan ushbu anjumanda Rossiya va Oʻzbekistondagi tibbiyot oliygohlari, ilmi tadqiqot va sharqshunoslik institutlari olimlari, Respublika Davlat tibbiyot kutubxonasi va barcha tibbiyot oliygohlari ARM xodimlari ishtirok etdi.

— Konferensiyaning birinchi kunida tib ilmining sultoni Abu Ali Ibn Sinoning hayot yoʻli haqidagi maqolalar koʻrib chiqilib, ishtirokchilarga umumiy maʼlumotlar berildi, — deydi Buxoro Davlat tibbiyot instituti APM direktori Dilshoda Aliyeva. — Konferensiyadan koʻzlangan asosiy maqsad bobomizning tibbiyot ilmi haqidagi adabiyotlari uning qilgan ishlarini hozirgi yoshlarga yetkazib berib, uning ilmini yanada rivojlantirishdir. Buxoro Ibn Sino tugʻilgan yurti hisoblanadi bizning institutga ham bejiz Abu Ali Ibn Sino nomi berilmagan. Chunki bizlar Ibn Sino yurtidanmiz. Bu yurtda yetuk shifokorlar yetuk olimlar yetishib chiqqan. Oʻylaymizki talaba yoshlarimiz ulugʻ bobomizning izidan borib yetuk shifokorlar boʻlib yetishadi.

Institutning ARM jamoasi tomonidan tashkil etilgan mazkur anjumanda Toshkent tibbiyot akademiyasi matbuot xizmati huzuridagi “Doctor Reportyor Debat” yoshlar klubi loyihasi hamda Andijon va Buxoro Davlat Tibbiyot institutlari “Doktor Reportyor” lari bobomizning merosiga oid maqolalari bilan qatnashdi.

Shuningdek anjuman davomida institut kutubxona fondini yangi adabiyotlar bilan boyitish va Ibn Sino merosini oʻsib kelayotgan yosh avlodga chuqurroq oʻrgatishga oid takliflar tinglandi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi Mushtariybonu ushbu maqolani Buxorodagi konferensiya uchun tayyorladi.

 

Buxoro tibbiyot instituti Buxoro tibbiyot instituti

Buxoro tibbiyot instituti

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan