📣 HURMATLI HAMKASBLAR!
Toshkent tibbiyot akademiyasi ma’muriyati Sizni 2025-yil 6-yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan “Oliy tibbiy ta’limni rivojlantirishda raqamli texnologiyalarning o‘rni va erishilgan yutuqlari” mavzusidagi xalqaro o‘quv-uslubiy anjumanda ishtirok etishga taklif etadi.
Anjumanning asosiy yo‘nalishlari:
1. Kredit-modul tizimi va o‘quv jarayonini tashkil etish.
2. Tibbiy ta’lim sifatini oshirishda simulyatsion o‘qitishning o‘rni.
3. Tibbiy ta’limda raqamlashtirishning ahamiyati.
4. Mustaqil ta’lim: muammo va istiqbollar.
5. Tibbiyotda ta’limning turli masalalari.
– Tezislarni qabul qilish muddati: 28.12.2024;
– Tezisni qabul qilish bo‘yicha elektron manzil: daler.1989@hotmail.com;
– Murojaat uchun: +99895-101-71-96, +99897-772-63-00