2025 yil 16 yanvarda Toshkent tibbiyot akademiyasi “Biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika” kafedrasida Germaniya xalqaro hamkorlik agentligi (“GIZ”) va Mediconsult tashkilotlari tomonidan “O‘quv materiallarini yaratish” nomli seminar bo‘lib o‘tdi.
Bu seminar Germaniya xalqaro hamkorlik agentligi (“GIZ”)ning “O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash strategiyasini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida tashkil etildi.
Bu seminarga biotibbiyot yo‘nalishi mutaxassislarini tayyorlaydigan ta’lim muassasalaridan va “GIZ” va Mediconsult tashkilotlaridan 43 nafar yetakchi biotibbiyot xodimlari, muhandislari va texniklari qatnashdi.
Shuningdek, tibbiy asbob-uskunalarga texnik xizmat ko’rsatish va ishlab chiqarish bilan shug’ullanadigan kompaniyalardan texnik mutaxassislar ham tashrif buyurishdi.
Seminarning maqsadi biotibbiyot muhandislari va texniklari yo’nalishlariga kasbiy va akademik o‘quv dasturlari uchun o‘quv materiallarini ishlab chiqish jarayonini boshlashdir.
Shuningdek, seminarda ishtirokchilarni “GIZ” loyihasining yangi 3-komponentining umumiy mazmuni va ish rejasi bilan tanishtirish uchun seminar imkoniyatidan foydalanildi.
Mazkur seminar mutaxassislik o‘quv/ trening materiallarini ishlab chiqishda birinchi qadam bo ‘lib hizmat qiladi.Keginchalik bu soha bo ‘yicha qo ‘shimcha seminarlar tashkil etish rejalashtirildi.
Mazkur seminardan kutilayotgan natijalar:
Yagona standart asosida biotibbiyot muhandisligi yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv materiallarini ishlab chiqish ;
O’quv materiallariga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olib elektron kutubxona yaratish