Talabalar va xodimlar orasida begʻaraz donorlik madaniyatini shakllantirish, donorlik harakatini rivojlantirish maqsadida quyidagi targ’ibot materiallari hamda tavsiyalar ishlab chiqildi.

1.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-avgustdagi “Respublikada qon bilan ishlash xizmati muassasasalari faoliyatini yanada takomillashtirish, aholi orasida begʻaraz donorlik harakatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-348-sonli qarori maʼlumot uchun tanishib chiqish;
2. Respublika miqyosida tashkil etiladigan “Qon donorligi haftaligi”da taʼlim muassasalarining faol ishtiroki taʼminlash;
3. Respublikada qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida begʻaraz donorlik harakatini rivojlantirish Dasturi doirasida begʻaraz qon donorligini muntazam ravishda Internet jahon axborot tarmogʻi, bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borilsh, bunda, donorlik harakatini targʻib etuvchi videoroliklar yaratish va bu jarayonga taniqli insonlar, olimlar, sport ustalari, sanʼatkorlar, din vakillari, blogerlar va mahalla nuroniylarini keng jalb etish;
– internet jahon axborot tarmogʻi, bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida qon donorligining ahamiyati toʻgʻrisida maqolalar chop etish;
– qon donorligi jamiyatda insonparvarlik, vatanparvarlik, sezgirlik kabi fazilatlarni mustahkamlashga xizmat qilishini yoritib berish;
– taʼlim muassasalarida (tanaffus paytida) lokal tarmoqlar orqali begʻaraz qon donorligi haqidagi audio va videoroliklar targʻib qilish.
 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan