Zakovat Ligasi – 2-tur ro‘yxatdan o‘tish jarayoni boshlandi! Agar birinchi turda ro‘yxatdan o‘tib ulgurmagan bo‘lsangiz, hozirda ikkinchi turda qatnashish imkoniyatiga egasiz. O‘zingizning intellektual jamoangiz bilan bu qiziqarli va ma’naviy jihatdan boy bahslarga qo‘shiling!
Zakovat Ligasi – bu bilimdonlar jang maydoni bo‘lib, yangi do‘stlar orttirish va aqlni sinovdan o‘tkazish imkoniyatini yaratadi.
Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: Toshkent tibbiyot akademiyasi Zakovat Ligasi
Eslatma: Birinchi turda qatnasha olmagan jamoalar, ikkinchi turda ro‘yxatdan o‘tib, bilimlar jangida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Zakovat Ligasi va turnirlar haqida batafsil ma’lumotni Toshkent tibbiyot akademiyasi Zakovat klubi orqali bilib olishingiz mumkin.
Ikkinchi imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!