Ustozim

Adilbekova Dilorom Baxtiyarovna

Adilbekova Dilorom Baxtiyarovna 1965-yil 27-iyunda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1982-yilda o‘rta maktabni oltin medal bilan tugatib, shu yili Toshkent tibbiyot institutiga o‘qishga kirdi va uni 1988-yilda imtiyozli diplom bilan tamomladi. Uztozning hayot yo‘llariga nazar soladigan bo‘lsak turli lavozimlarda faoliyat yuritganini ko‘rishimiz mumkin. O‘z faoliyatini 1988-yilda avgust oyidan boshlab Toshkent tibbiyot institutida “Odam anatomiyasi va OXTA” kafedrasida assistant bo‘lib ishladi. 1995-yilda esa “Qandli diabet sharoitida oshqozonning subtotal rezeksiyasida yo‘g‘on ichakning qon-tomir to‘qima tuzilmalarining morfologik tavsifi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1995-2004-yillarda kafedrada katta o‘qituvchi, 2005-yildan dotsent lavozimlarida ishlagan. 2018-yilda “Onada surunkali toksik gepatit sharoitida tug‘ilgan avlod oshqozon va ichak qon-tomir tuzilmalarining postnatal shaklanishi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Tinimsiz harakat, ilmga bo‘lgan muhabbati tufayli D.Adilbekova pedagogik faoliyatlari davomida tajribali, yuqori malakali pedagog va mutaxassis bo‘lib yetishdi. Ustozimizning yana bir e’tiborli jihati o‘z ustida tinmay ishlaydi, muntazam ravishda kitob mutolaasiga, jamoatchilik ishlarida faol qatnashadi. Tibbiyot sohasini rivojlanishiga hissa qo‘shayotgan professor D.Adilbekova 115 dan ortiq ilmiy maqollar, shundan 25 tasi xorijiy nashrlarda, 3 ta monografiya, 8 ta o‘quv va 60 ta o‘quv-metodik qo‘llanamalar muallifi. D.B.Adilbekova o‘quv ishlari doirasida “Anatomiya” fanidan o‘quv-uslubiy majmuasini tuzishda va yangilashda faol qatnashdi. 2022 yilda anatomiya fanini o‘qitish usullaridan keng foydalangan holda “vaziyatli masalalar to‘plami”, “Collected book of clinic cases and tests of anatomy” chop etdgan. 2023 yilda “Ovqat hazm tizimi anatomiyasi” mavzusidagi o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlagan. 2022 yillda “Markaziy nerv tizimi anatomiyasi” nomli rus, o‘zbek va ingliz tillarida o‘quv-qo‘llanma tayyorlashdi. Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlarni olib borishda “Muammolarga asoslangan o‘qitish”, “Loyihalashtirish” va boshqa yangi interaktiv vositalardan keng foydalangan holda olib borgan. Hisobot davrining har bir o‘quv yilida davolash, tibbiy pedagogika fakulteti talabalaridan yakuniy imtihonlarini qabul qilishda muntazam ishtirok etgan. Ilmiy ishlari doirasida D.B.Adilbekova tomonidan 180 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop etilgan. 6 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta monografiya, 40 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chop ettirgan. Kafedrada olib borgan ilmiy faoliyati natijalari bo‘yicha respublika va xorijiy anjumanlarida ishtirok etgan. Xalqaro va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan konferensiyalarda ishtirok etdi, ma’ruzalar qildi. 5 ta ratsionziatorlik taklifi muallifi. Uning rahbarligida 11ta magistrlik dissertatsiyasi himoya qilingan, 3 ta nomzodlik (PhD) dissertatsiyasi himoya qilingan va 3 ta shogirdi ximoyaga tayyorlanmoqda. Tibbiyot sohasiga hissa qo‘shib kelayotgan ustoz oilada ham mehribon ona, nabiralarning suyukli buvijonisi. Farzandlari va nabiralarini yurt koriga yaraydigan mutaxassis etib tarbiyalayotganini alohida ta’kidlash joiz. Havsa qilsa, ibrat olsa arziydigan oilaning pir-u badavlat sohibasi, ishxonada talabalarning mehribon ustozi, ilmiy rahbar, el ardoqlagan, e’zozlagan olima, fan rivojiga hissa qo‘shgan professor Dilorom Adilbekova haqida qancha gapirsak kamlik qiladi. D.B. Adilbekova 2024- yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim Fan va innovatsiyalar vazirligining “Ko‘p yillik samarali mehnatlari hamda o‘z xizmat vazifasiga bo‘lgan sadoqati uchun” faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi. Bir so‘z bilan aytganda uning hayoti ilm yo‘lidagi tinimsiz izlanishlari erishgan va erishib kelayotgan yutuqlari biz yoshlar uchun ibrat maktabidir desak also mubolag‘a bo‘lmaydi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan