O‘zbekiston-Malayziya birinchi ta’lim forumi doirasida ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida 50 dan ortiq shartnoma va memorandumlar imzolanib, ta’lim va ilm-fan sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Jumladan, qator universitetlar hamkorligida tadqiqot markazlari va akademik dasturlar tashkil etilishi rejalashtirildi. Tadbir ishtirokchilari Forum ikki davlatning ta’lim va ilm-fan sohalaridagi hamkorligini yanada rivojlantirib, barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishishda muhim platformaga aylanishiga ishonch bildirdilar.