“Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” insholar tanlovining mintaqaviy saralash bosqichi yakunlandi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Pediatriya, stomatologiya, xalq tabobati va tibbiy pedagogika fakulteti stomatologiya yoʻnalishi 102-guruh talabasi Erkinova Mushtariybonu Hamidulla qizi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida  talaba-yoshlar o‘rtasida “Jadidlar jasorati-millatimiz faxri” hamda
“Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzularida insholar tanlovining respublika bosqichida ishtirok etdi.

Bugungi mintaqaviy bosqichda Toshkent shahridagi Olmazor, Uchtepa, Shayxontohur, Yunusobod, Yakkasaroy, Mirobod tumanlarida joylashgan oliy ta’lim muassasalari vakillari qatnashdi.

Shu bilan tanlovning barcha hududlar bo‘yicha mintaqaviy bosqichlari yakunlandi. Endilikda insholar Ekspertlar guruhi tomonidan baholanadi hamda tanlov g‘oliblari aniqlanadi.

   

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan