Mazkur nufuzli anjumanda Toshkent tibbiyot akademiyasining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, professor F.L. Azizova ishtirok etdi.
Konferensiyada akademiyaning 4-bosqich talabasi M. Qiyomova o‘z ilmiy tadqiqot natijalari bilan ma’ruza qildi. U zamonaviy tibbiyotning dolzarb yo‘nalishlari, sun’iy intellektning tibbiyotda samarali qo‘llanilishi va uning inson salomatligini saqlashdagi ahamiyati haqida qimmatli ma’lumotlar taqdim etdi.
Xalqaro anjuman yosh olima qizlarning ilmiy salohiyatini namoyon etish, innovatsion yondashuvlarni muhokama qilish va uchinchi renessans g‘oyalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
Translate: Eng