O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi PQ-4391-sonli “Oliy va o‘rta maxsus taʼlim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi “Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ–279-son qarori, Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2012-yil 28-dekabrdagi 508-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2431, 2013-yil 26-fevral) bilan tasdiqlangan Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-60-sonli “Davlat oliy taʼlim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va “Davlat oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-61-sonli qarorlariga asosan, Akademiyada magistratura mutaxassisliklari hamda bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarida bazaviy va tabaqalashtirilgan (oshirilgan) to‘lov-kontrakt asosida taʼlimning kunduzgi taʼlim shakli bo‘yicha yuqori (2, 3, 4, 5-6 kurs) bosqichlarda to‘lov kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarning 2024/2025 o‘quv yilida o‘qishi uchun 50 % to‘lovini amalga oshirishning so‘nggi muddati 2025-yil 20-fevral (shu kuni ham) hisoblanadi. Belgilangan muddatda to‘lov qilmagan talabalar o‘qishdan chetlashtiriladi.
E‘lon: Talabalar diqqatiga
