«Xalq so‘zi» gazetasining 2025 yil 22 fevral kuni sonidagi nashrida TTA rektori v.v.b. professor Shuhrat Boymuradovning «Bu shunday sohaki, unga daxldor bo‘lmagan insonning o‘zi yo‘q» nomli maqolasi chop etilgan maqolasiga sharh.
ODAMLARNING SOG‘LIG‘INI HIMOYA QILISH, KUCHLI VA SAMARALI TIBBIYOT TIZIMINI SHAKLLANTIRISH — XALQPARVAR DAVLATNING ENG ASOSIY VAZIFALARIDAN HISOBLANADI
O‘zbekiston respublikasi oliy majlisi senati kengashi va qonunchilik palatasi kengashi organi “Xalq so‘zi” gazetasida (22.02.2025) Toshkent tibbiyot akademiyasi o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, tibbiyot fanlari doktori, professor Shuhrat BOYMURODOVning “Bu shunday sohaki, unga daxldor bo‘lmagan insonning o‘zi yo‘q” nomli maqolasi chop etildi.
Salomatlik — insonning birlamchi ehtiyoji, istagi. Mamlakatimizda ushbu masalaga alohida e’tibor qaratilib, tibbiyot sohasini izchil rivojlantirish ustuvorlik kasb etgan.
Davlatimiz rahbari hududlarga tashrifi chog‘ida har doim tibbiyot maskanlariga boradi, shifokorlar bilan suhbatlashib, aholi salomatligini so‘raydi. Hayot haqiqati shuni ko‘rsatadiki, faqatgina sog‘lom xalq, barkamol millat buyuk ishlarga qodir.
Fuqarolar sog‘lig‘ini mustahkamlash hamda davolash sifatini oshirish maqsadida yurtimizdagi shifoxonalar zamonaviy uskunalar bilan ta’minlanmoqda. Buning uchun budjetdan har yili kamida 100 mlrd. so‘m ajratilayotir.
O‘tgan yilning o‘zida tibbiyotni yuqori texnologik uskunalar bilan ta’minlash uchun 200 mln. dollar xorijiy investitsiya, 94 mln. dollar grant jalb qilindi. Natijada oldin faqat respublika muassasalarida bo‘lgan kompyuter tomografi, magnit rezonansli tomograf, angiograflar hozir viloyatlarda, o‘nlab tumanlarda ham bor.
Davlatimiz sohadagi islohotlarni bir daqiqa bo‘lsin, kechiktirmoqchi emas. Joriy yilda ushbu maqsadlarga davlat hisobidan 200 mlrd. so‘m ajratildi. Shuningdek, tibbiyotga 370 mln. dollar xorijiy investitsiya kiritilishi mo‘ljallanayotir. Chunki sohani yangi, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlamay turib, o‘zgarishlar qilib bo‘lmaydi. Buning uchun Osiyo taraqqiyot bankining 100 mln. dollar mablag‘i evaziga 230 ta tug‘uruq muassasasi uchun 45 turdagi 21 mingta tibbiy uskuna va 6 ta reanimobil xarid qilinadi.
Prezidentimiz tomonidan muassasalardagi shifokor va hamshiralarni qo‘shimcha o‘qitish vazifasi qo‘yilgani bejiz emas. Uskunalardan samarali foydalanish ham muhim. Masalan, viloyatlarda angiograflar yuklamasi o‘rtacha 34 foiz. Kompyuter tomografi potensiali to‘liq ishlatilmayotgani ham haqiqat.
O‘tgan yili Toshkent tibbiyot akademiyasining 19 ta o‘quv dasturi (10 bakalavriat, 6 magistratura, 3 klinik ordinatura) Butunjahon tibbiy ta’lim federatsiyasi standartlariga muvofiq, mustaqil xorijiy akkreditatsiya agentligi tomonidan xalqaro ak¬kreditatsiyadan o‘tkazilib, sertifikat oldi.
Germaniya KfW bankining 30 mln. yevro mablag‘i hisobiga Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi 19 tadan tibbiyot muassasasi yurak-qon tomir kasalliklarini davolovchi 862 ta uskuna bilan jihozlanadi. Yana shu bankning 13,5 mln. yevro granti evaziga Termiz shahrida o‘quv markazi, talabalar turarjoyi quriladi. Markaz zamonaviy o‘quv-simulyatsiya va axborot texnologiyalari bilan jihozlanadi.
Bolalar milliy tibbiyot markazi xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritgani, Xirurgiya markazida xalqaro sifat standartlari joriy etilgani, mamlakatimiz gepatit “V”ga qarshi kurashishda mintaqaviy maqsadli ko‘rsatkichlarga erishgani tasdiqlangani ham shular sirasidan
Muhtaram Ustozlar va qadrli shogirdlar! Yurtimizda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan maqsadli va manzilli islohotlar, fuqarolarimizning sog‘lig‘ini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan dolzarb maqolasi uchun taniqli shifokor olim, zamonaviy rahbar, professor Shuhrat BOYMURODOVga samimiy minnatdorchilik bildiramiz.