“Yashil makon” va ekologik ta’lim bo‘yicha muhim tashabbuslar

Yashil makon

Bugun “Yashil makon” umummilliy loyihasi hamda yoshlarda ekologik ta’lim va madaniyatni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanida Toshkent tibbiyot akademiyasining 1-son davolash fakulteti talabasi, Butunjahon yoshlar ofisi rahbari Jasurbek Kamilov Dilshodovich ishtirok etib, COP29 doirasida xalqaro strategiya tasdiqlangani hamda uning ijrosi uchun Butunjahon yoshlar ofisi tarkibida Xalqaro konsultativ qo‘mita tashkil etilganini ta’kidladi.

Hozirda qo‘mita Markaziy Osiyo va Turkiy davlatlar yoshlari o‘rtasida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, ularning manfaatlarini himoya qilish va axborot almashuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tizimli ishlarni olib bormoqda.

Ekologik ta’lim va barqaror rivojlanish yo‘lidagi sa’y-harakatlarimiz davom etadi!

Yashil makon Yashil makon

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan