2025 yil 10-12 martda Qozon Davlat Tibbiyot Universiteti professori Ildar Axtyamov Toshkent tibbiyot akademiyasiga tashrif buyuradi.
Tashrifning maqsadi TTA, 1-son travmatologiya, ortopediya va XDJ kafedrasida talabalar uchun ma’ruzalar va xalqaro o‘quv-uslubiy seminar tashkillashtirilgan.
Axtyamov I.F. – travmatologiya, ortopediya va ekstremal jarrohlik kafedrasi mudiri, TTA travmatologiya, ortopediya va harbiy dala jarroxligi kafedrasi professori. U Tatariston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan shifokor, ixtirochi va davlat mukofoti laureatidir. Tibbiyot fanlari doktori, professor hamda Rossiya Federatsiyasi Tibbiyot va texnika fanlari akademiyasining akademigi .