Toshkent tibbiyot akademiyasi iftoxorlari bilan tanishing

Boboyev Jahongir Mirsodiq o‘g‘li – 03.08.1996 yil Surxondaryo viloyati Angor tumanida tavallud topgan.
Hozirda Toshkent tibbiyot akademiyasi Travmatologiya va ortopediya yo‘nalishi 1-bosqich magistratura talabasi. Akademiyaning Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi. U o‘qishi davomida o‘zining tirishqoqligi, izlanuvchanligi, har qanday vazifani sidqidildan bajarib, barchaga o‘rnak bo‘ladigan talaba ekanligi bilan ajralib turadi.
2022-yil “O‘zbekiston yoshlari va talabalar forumi-2021” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev bilan yoshlar uchrashuvi ishtirokchisi;
2022-yil Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan WikiStipendiya marafoni doirasidagi Wikioromgohda “Eng yaxshi wikitahrirchi” nominatsiyasi g‘olibi;
2022-yil Oliy ta’lim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, “Zakovat” NNT tomonidan o‘tkazilgan respublika intellektual olimpiadasida Sportcha zakovat yo‘nalishida 1-o‘rin, umumjamoa hisobida 2-o‘rin g‘olibi. Prezident sovg‘asi – 100 ta monoblok va 100 mln so‘m pul mokufoti sohibi.
2022-yil O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan intellektual dasturlar uchun patent sohibi;
2022-yil Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkazilgan WikiStipendiya marafoni 1-o‘rin g‘olibi va 50 mln so‘m pul mukofoti sohibi;
2022-yil Akademiyada talabalar uchun yaratilgan “Pirogov anatomik stoli” loyihasi o‘zbek tilidagi versiyasi muallifi;
2022- yil Akademiya tomonidan ta’sis etilgan akademik Turgʻunpoʻlat Obidovich Daminov nomli stipendiyasi tanlovi g‘olibi bo‘ldi;
2023-yil UNICEF ning “Education in Emergencies” global o‘quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlab, sertifikat bilan taqdirlangan;
2023-yil Samarqand davlat tibbiyot instituti tomonidan o‘tkazilgan “Samarqand-2020” III xalqaro olimpiadasi g‘olibi.
2023-yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Toshkent tibbiyot akademiyasida o‘tkazilgan Xalqaro Pediatriya olimpiadasi g‘olibi, 3-o‘rin.
2023-yil Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Buxoro viloyatida o‘tkazilgan Intellektual haftalikda Breyn-ring yo‘nalishi 2-o‘rin va umumjamoa hisobida 45mln so‘m pul mukofoti g‘olibi;
2023-yil Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkazilgan “Wikistipendiya” marafoni doirasidagi “Wikioromgoh” loyihasi uchinchi mavsumini tashkillashtirishdagi faolligi uchun tashakkurnoma bilan taqdirlangan;
2023-yil Akademiyada ta’sis etilgan “Buyuk mutafakkir Abu Nasr Farobiy nomidagi stipendiyasi” sohibi;
2023-yil Akademiyada ta’sis etilgan “Erudit” nominatsiyasi g‘olibi;
2024-yil Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining “Ethics and Governance of Artificial Intelligence for Health” va “Interventions for Noncommunicable Diseases in Primary Health Care” kurslarini muvaffaqiyatli tamomlab sertifikat bilan taqdirlangan;
2024-yil Belorussiya Respublikasi Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan MDX davlatlari tibbiyot xodimlari oʻrtasidagi intellektual oʻyinda 1-o‘rin g‘olibi;
2024-yil Toshkent Tibbiyot Akademiyasi tomonidan o‘tkazilgan “Modern approach for diagnosis, treatment and prevention of Tuberculosis” xalqaro talabalar olimpiadasi g‘olibi, 2-o‘rin;
2024-yil O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan “WikiStipendiya” loyihasi 3-mavsumi doirasidagi “WikiOromgoh IV” loyihasini tashkillashtirishdagi faolligi uchun tashakkurnoma bilan taqdirlangan.
J. Boboyev o‘z sohasida qator yutuqlarga erishishdan tashqari Akademiyaning ijtimoiy hayotida ham faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan Toshkent tibbiyot akademiyasidagi shaxmat-shashka, “Zakovat”, “Wikiclub TMA” klublariga rahbarlik qilib, talaba-yoshlarni ta’limga yo‘naltirishga katta hissa qo‘shmoqda.
Boboyev Jahongir Mirsodiq o‘g‘li kelajakda albatta o‘z kasbining malakali shifokori bo‘lib yetishishiga, xalqimizga munosib kadr bo‘lib, ta’lim sohasi bo‘yicha erishgan yutuqlarini maqsadli ravishda yosh avlodga yetkazishiga ishonch bildiramiz.


Instagram: Dr_Boboyev

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan