Kuni kecha Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori v.v.b Shuhrat Boymuradov hamda Qozon davlat tibbiyot universitetining ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori, professor Diana Abdulganiyeva o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, ilmiy tadqiqotlar olib borish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha fikr almashildi.
Tomonlar tibbiyot sohasidagi zamonaviy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish borasida hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldilar. Mazkur uchrashuv ikki tomonlama ilmiy va ta’limiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
Translate: Eng