An’anaviy tarzda tashkil etilgan yangi mavsumning musiqiy-badiiy shou dasturida oliygohning barcha kafedralari faol ishtirok etib, talaba yoshlar o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini namoyon etdilar.
Konsertning ikki kun qizg‘in davom etgan dasturida milliy an’analar tarannum etildi, turli xalqlarning madaniy rang-barangligi namoyon qilindi. Festivalda o‘zaro sog‘lom raqobat, hamkorlik va do‘stlik muhiti ustuvorlik qildi. Bu esa talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish, g‘oya va tashabbuslarini bir maqsadga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
«Talabalik bahori» festivali — bu shunchaki konsert emas, balki yoshlar o‘rtasida do‘stlik rishtalarini mustahkamlaydigan, ijodiy izlanishlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.