TTA va O‘sh Davlat Universiteti o‘rtasida xalqaro hamkorlik doirasida uchrashuv va master-klass bo‘lib o‘tdi

O‘sh Davlat Universiteti

Toshkent tibbiyot akademiyasi “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi tomonidan 2025-yil 18–20-mart kunlari Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh Davlat Universiteti  bilan hamkorlikda uchrashuv hamda oflayn master-klass tashkil etildi. Ushbu tadbir xalqaro hamkorlik shartnomasi doirasida o‘tkazilib, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ilmiy-akademik hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratildi.

Uchrashuv davomida ta’lim sifatini oshirish va akademik almashinuvni rivojlantirish bo‘yicha qator takliflar ilgari surildi. Xususan, quyidagi yo‘nalishlarda kelgusidagi hamkorlik rejalashtirildi:

  • O‘qitish va ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha o‘quv dasturlar doirasida mutaxassislarning akademik almashinuvi
  • Talabalar, magistrantlar va doktorantlarning ilmiy va amaliy bilimlarini boyitish maqsadida o‘zaro almashuvi
  • Ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va yangi tashabbuslarni amalga oshirish uchun qo‘shma konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar va ko‘rgazmalar tashkil etish
  • Ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini taqdim etishning turli formatlarini joriy etish

Mazkur xalqaro uchrashuv O‘zbekiston va Qirg‘iziston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash bilan birga, ta’lim va ilm-fan sohasida yangi imkoniyatlarni ochib berishi kutilmoqda.

O‘sh Davlat Universiteti O‘sh Davlat Universiteti

O‘sh Davlat Universiteti O‘sh Davlat Universiteti

O‘sh Davlat Universiteti O‘sh Davlat Universiteti

Translate: Eng

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan