Toshkent tibbiyot akademiyasida milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z” shiori ostida o‘g‘il-qizlar o‘rtasida voleybol musobaqalariga start berildi.
Ushbu sport tadbiri yoshlar o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish, do‘stona muhitni mustahkamlash hamda sog‘lom raqobat muhitini yaratishga qaratilgan. Musobaqada akademiyaning turli fakultetlaridan jamoalar ishtirok etib, o‘z mahoratlarini namoyish qilmoqdalar.
G‘olib va sovrindorlar maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishi rejalashtirilgan. Mazkur musobaqalar Navro‘z bayramining quvonchli va unutilmas onlarini taqdim etib, yoshlarning jismonan chiniqishiga va sportga bo‘lgan qiziqishining oshishiga xizmat qiladi.